Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori F. Norqobilov xizmat xonasida pora olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
O`zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatiga ko`ra, u S. O`tkirovani markazga ingliz tili to`garagi rahbari sifatida ishga qabul qilish uchun 850 ming so`m talab qilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Nishon tuman sudi F. Norqobilovni tamagirlik yo`li bilan pora olganlikda aybdor deb topdi. Uning ozodligi cheklandi, qo`shimcha jazo tariqasida muayyan huquqlardan ham mahrum etildi.