AsosiyJamiyat

Toshkentda skuterli patrul xizmati paydo bo`ldi

'Toshkentda skuterli patrul xizmati paydo bo`ldi 'ning rasmi

Toshkent shahrida motorollerli post-patrul xizmati ishga tushdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Ayni damda, skuterli patrullar poytaxtning markazi — Amir Temur xiyoboni va uning yon atrofi, Forumlar saroyi va “Hyatt Regency” mehmonxonasi hududida tajriba tariqasida xizmat vazifalarini o`tashmoqda.

IIBB xabarida aytilishiga ko`ra, post-patrul xizmatida motorollerlardan foydalanish juda qulay, chunki tor ko`cha yoki tirbandlik bo`lgan yo`llardan engil harakatlanishi mumkin. Ustiga-ustak skuter juda tejamkor bo`lib u 100 km masofaga bor yo`g`i 2 litr yonilg`i sarflar ekan. Shuningdek uning yana birqulaylik tomoni – uning tovushining juda pastligidir. Bu unga tungi vaqtlarda aholini bezovta qilmagan holda xizmat o`tash imkonini beradi.

V Tashkente poyavilsya unikalny patrul na skuterax

Mahalliy aholi “PPX” yozuvli motorollerda yurgan IIB xodimlariga ijobiy bahi berishga ulgurishgan. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda skuterli post-patrul xizmatlari tasvirlangan fotosurat ostiga “Bravo!”, ”Ajoyib foto, yo`l tirband bo`lishiga qaramay bemalol harakatlanishmoqda“, ”Barakalla, buni yanada ko`paytirish kerak!”, “Ekologiyaga sal bo`lsada foydasi bor, lekin”, “Nihoyat qonun himoyachilarining xalq uchun xizmat qila boshlaganiga guvoh bo`lyapmiz”, “Juda chiroyli” kabi izohlar qoldirishgan.

    Boshqa yangiliklar