AsosiyJamiyat

Telefonda janjallashganlar ishi sudda ko`rildi

'Telefonda janjallashganlar ishi sudda ko`rildi'ning rasmi

Bir-birlarini telefon orqali haqorat qilgan ikki fuqaroning ishi Jizzax viloyati Ma`muriy ishlar bo`yicha Do`stlik tumani sudida ko`rib chiqildi, deb yozadi O`zA.

Tuman dehqon bozorida arzimagan sabab bilan kelisholmay qolgan Sodiq bilan Davron janjalni telefon orqali davom ettirdi. Sodiq inson sha`ni va qadr-qimmatini haqorat qiluvchi xabarlar yozib telefon orqali Davronga jo`natdi. Davron ham telefonda haqorat yo`llashda undan qolishmadi.

Ushbu janjal Ma`muriy ishlar bo`yicha tuman sudida ko`rib chiqilganda ikkala fuqaro ham nafaqat tilga erk berish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida birovlarni haqorat qilish ham qonunda inson qadr-qimmatini haqoratlash hisoblanib, bunday xatti-harakatlar uchun ma`muriy javobgarlik, agar bu harakat takroran sodir etilsa, jinoiy javobgarlik belgilanganini anglab etdi.

Bu ishni ko`rib chiqqan sud hay`ati tomonlarning aybiga iqrorligi, xatti-harakatlaridan astoydil pushaymon bo`lib, kechirim so`raganliklarini inobatga olgan holda javobgarlikdan ozod qilib ogohlantirish bilan kifoyalandi, deb ma`lum qildi Ma`muriy ishlar bo`yicha tuman sudi raisi M.Nurmatov.

    Boshqa yangiliklar