Bugun, 30 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-maktab chiqindixonasi oldidan tongda qo`l granatasiga o`xshash buyum topilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda shahar IIBB Axborot-multimedia markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga etib borgan mutaxassislar ko`rsatilgan joyda ustiga "Uchebnaya" deb yozilgan qora rangli mashq qo`l granatasini topgan.
Hozirgi vaqtda ushbu qurilmaning qanday qilib tegishli o`quv inshooti hududidan tashqariga chiqib qolgani sabablari o`rganilmoqda.






