Buxoro shahar “Havzi bodom” ko`chasida ichki ishlar organlari xodimlarini ko`rishi bilanoq o`zini panaga urgan 20 yoshli yigitchaning harakatlari PPX bataloni xodimlariga shubha uyg`otdi.
Tunning ikkinchi yarmida bu yigitcha nima qilib yuribdi?
Bu savolga aniqlik kiritish maqsadida xodimlar uni to`xtatib Buxoro shahar IIBga olib kelishganda hammasi oydinlashdi. Uning cho`ntagidan avtomashinalar eshigini ochishga mo`ljallangan qo`lbola matoh chiqdi.
Yigitcha 1998 yilda tug`ilgan J.Amon bo`lib, o`zining amalga oshirigan bir qator qilmishlarini fosh etib qo`ydi.
Jumladan, “Havzi bodom” ko`chasida qarovsiz qoldirilgan “Jiguli” rusumli avtomashina ichidan 900 ming so`m pullarni yashirin ravishda o`g`irlab olganligini tan oldi.
Tungi vaqtda yigitchaning harakatlaridan shubhalangan xodimlar uning navbatdagi shum niyatini amalga oshirishiga xalal berdilar.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, bu yigitcha qonun oldida javob berishi tayin.