Buxoro viloyatining Jondor tumanida 29 aprel kuni soat 10.50larda, G`ijduvon tumanida yashovchi, J.Muzaffarov boshqaruvidagi “Setra” rusumli avtobusini tuman hududidan o`tuvchi A-380 “G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo`lining 319-km.da haydab ketayotgan vaqtida avtobusning orqa o`ng g`ildiragi baloni yorilib ketishi natijasida avtobus yo`l chetiga chiqib yonboshlagan.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada avtobusda yo`lovchi sifatida ketayotgan 49 nafar yo`lovchilardan 4 nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Shuningdek, avtobusda yo`lovchi sifatida ketayotgan 26 nafar yo`lovchiga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan, hamda qolgan 19 nafar yo`lovchi jarohatlanmaganlar.






