AsosiyJamiyat

Bir haftada 100 mingga yaqin haydovchiga chora qo`llanilgan

'Bir haftada 100 mingga yaqin haydovchiga chora qo`llanilgan'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligining qayd etishicha, 23-29 aprel kunlari respublika avtomobil yo`llarida 150 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 154 fuqaro turli darajadagi tan jarohati olgan.

Xabarlarga ko`ra, o`tgan hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 82 ming 124 qoidabuzarliklar aniqlangan. Ular orasida xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 14 ming 672 haydovchi qoidabuzarlik soni bo`yicha etakchilik qilgan. Belgilangan tezlik talabini buzgan 13 ming 303 haydovchi esa ikkinchi o`rinda tursa, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 11 ming 66 haydovchi uchinchi o`rinni band qilgan.

Shuningdek, bir hafta davomida respublika yo`llarida 1 ming 718 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotganda to`xtatilgan. 933 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasini buzgan, 286 haydovchi transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan, 773 haydovchi esa harakat vaqtida telefondan foydalangan.

Barcha qoidabuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgan.

    Boshqa yangiliklar