«Anadolu» axborot agentligi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) tomonidan tashkil etilgan kurslarda dunyoning 15 mamlakati, jumladan, Boltiqbo`yi hududi, Janubi-sharqiy Osiyo va Afrika davlatlarining jurnalistlari ishtirok etdi.
Bundan maqsad — jurnalistlarning umumiy tarmog`ini yaratish, diplomatik sohadagi voqealar va jarayonlarni yoritib berish, OAV vakillarini Turkiya siyosati bilan tanishtirib borish va shu orqali mamlakatlar o`rtasidagi axborot hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo`shishdan iborat.
«Anadolu» agentligi Axborot akademiyasining muvofiqlashtiruvchi yordamchisi Xayri Chetinkush tinglovchilarga agentlik faoliyati to`g`risida so`zlab berdi.
Uning aytishicha, agentlik vakolatxonalari dunyo mintaqalarida joylashgan bo`lib, ular axborotlarni 13 tilda uzatib boradi, agentlik kelajakda ham ofislarini yanada kengaytirishni rejalashtirgan.
Tinglovchilar uchun o`quv rejasi doirasida ingliz tilida 78 soatlik amaliy va nazariy mashg`ulotlar olib boriladi.






