6 may kuni Toshkentdagi «Anhor Lokomotiv» istirohat bog`ida «Retro Uz» avtohavaskorlar klubining retro avtomobillar ko`rgazmasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Facebook’da xabar berildi.
Ko`rgazmada Tojikiston va qozog`istonlik mehmonlarning ham ishtiroki kutilmoqda.
Tashrif buyuruvchilar kamida 60 yillik tarixga ega avtomobil va motosikllarni tomosha qilishi mumkin bo`ladi. Ular orasidan ta`mirlangan va mukammal holatga keltirilgan «Chayka», Ikkinchi jahon urushi davrlarida mashhur bo`lgan «Polutorka» yuk mashinasi, 1937 yilgi Mercedes va boshqa kamyob modellar o`rin olgan.






