AsosiyJinoyat

Sirdaryoda Milliy gvardiya yigitlari o`g`irlikni fosh etdi

'Sirdaryoda Milliy gvardiya yigitlari o`g`irlikni fosh etdi 		'ning rasmi

2018 yil 28 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tungi xizmatni olib borayotgan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati 86528-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi tomonidan qo`lida qop bo`lgan shubxali shaxs to`xtatilgan. Uning shaxsi aniqlashtirilganda 1990 yilda Baxt shahrida tug`ilgan, fuqaro L.U. ekanligi ma`lum bo`lgan.


U so`rov jarayonida Guliston shahar 3-mavzesida joylashgan oziq-ovqat maxsulotlarini sovutish va saqlashga ixtisoslashgan “Grin layn” MChJ binosiga derazani buzish yo`li bilan kirib, u erdagi saqlanayotgan pullarni o`g`irlab ketayotganligini va bu ishidan pushaymonligini bildirgan.

Fuqaro L.U tomonidan “Grin layn” MChJ dan o`g`irlangan pullar sanoqdan o`tkazilganda, qopda har xil kupyuradagi jami 37 300 200 so`m pul mablag`lari mavjudligi aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar