Ayni paytda Toshkent viloyatining Qibray tumanida yangi asalarchilik majmuasi bunyod etilayapti. Bu erda asal beruvchi o`simliklar qatorida, asalari parvarishlash ham yo`lga qo`yiladi. Shuningdek, tarmoq uchun zarur uskunalar ishlab chiqarish sexlari faoliyati yo`lga qo`yiladi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
Ilm-fan va ishlab chiqarish uyg`unligi ta`minlash maqsadida joriy yildan Toshkent davlat agrar universitetida ochiladigan maxsus kafedra, qishloq xo`jaligiga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot markazi ham mazkur majmuaga joylashtiriladi.
“O`zbekiston Asalarichilari” uyushmasi raisi Sherali Suyarqulovning aytishicha, yaqinda uyushma BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) bilan kelishuvga erishgan. Unga ko`ra, mazkur tashkilot tomonidan 2018—2021 yillarda ushbu majmuani rivojlantirish uchun 400 ming AQSh dollari miqdorida mablag` ajratiladi.






