Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 2018 yil 7 mart kuni, noma`lum shaxs 50500 so`mlik savdo qilib to`lov uchun 50 ming so`mlik kupyura o`tkazganida, sotuvchi ushbu berilgan 50 ming so`mlik kupyura haqiqiy ekanligiga shubha qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"Ko`rilgan choralar natijasida ushbu kupyuralarni zamonaviy texnika qurilmalaridan foydalanib, Taraqqiyot ko`chasida yashovchi Z.Ilhomiddinov tomonidan tayyorlanganligi aniqlanib ushlangan", - deyilgan xabarda.