AsosiyJinoyat

Buxoroda uy olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Buxoroda uy olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Buxoro shahrida uy olib berishni va`da qilgan firibgarlar qo`lga olindi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"19 aprel kuni I.Karomatov shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2012 yil aprel-may oylarida Chorbakov ko`chasida yashovchi Sh.Nosirov va Hamza ko`chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, A.Neznamovlar unga O.Eshonov ko`chasida joylashgan 2 xonali uyni uning nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, undan 18 ming 200 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo`li bilan olib, bergan va`dalarini bajarmasdan, pullarni o`z ehtiyojlari yo`lida ishlatib yuborganliklari ma`lum bo`lgan", - deyilgan xabarda.

Sh.Nosirov va A.Neznamovlar ushlanganlar.

    Boshqa yangiliklar