London shahrining shimoliy qismida ro`y bergan portlash oqibatida 30 nafarga yaqin odam jabrlandi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Portlash London shahrining Stemford Xill shahrida, yahudiylarning Lag ba-Omer bayrami nishonlanayotgan joyda yuz bergan. Hozircha voqea sabablari aniqlanmagan. Portlashga mobil telefonning gulxanga tushib ketgani yoki olovga yonishni tezlashtiruvchi suyuqliq sepilgani sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda.






