AsosiyJamiyat

Sobir Rahimov haykali oldingi joyiga qaytariladi

'Sobir Rahimov haykali oldingi joyiga qaytariladi  'ning rasmi

General Sobir Rahimovning 2011 yilning yanvarida G`ofur G`ulom bog`iga ko`chirilgan haykali oldingi joyiga qaytariladi.

"Sobir Rahimov haykalining qaytarilishi – tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo`ladi", - dedi Shavkat Mirziyoev 2 may kuni Namangan viloyati Norin tumanida bo`lib o`tgan faolllar yig`ilishida.

Eslatib o`tamiz, Sobir Rahimov tumani 1970 yilda tashkil qilingan, general Sobir Rahimov haykali esa tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981 yilda ochilgan edi. 2010 yilda tuman va metro bekati nomi “Sobir Rahimov”dan “Olmazor” deb o`zgartirilgan edi.

Ma`lumot uchun: Sobir Rahimov 1902 yilda Toshkentda tug`ilgan. 1941-1945 yillarda janglarda ishtirok etgan, bir necha bor yaralangan. 1944 yilda ikkinchi Belarus frontining 65 armiyasi 37-gvardiyachi o`qchi diviziya qo`mondoni etib tayinlangan edi.

General Sobir Rahimov 1945 yilning mart oyida janglarda qurbon bo`lgan. Sobir Rahimov Toshkentda dafn etilgan. 1965 yilda unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar