Er yuzi aholisining 13 foizi, ya`ni milliard kishi hamon elektr quvvatisiz kun kechirmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Ular asosan Qora Afrika va Osiyo qit`asida joylashgan qishloqlarda istiqomat qilishadi. 2011 yilda BMT Jahon banki bilan hamkorlikda 2030 yilga qadar dunyo aholisini elektr ta`minoti bilan to`liq ta`minlashni rejalashtirgan edi.
Tadqiqot mualliflarining ma`lum qilishicha, hozirgi sur`atlar bilan bunday natijaga erishib bo`lmaydi. “Mazkur trend shunday davom etadigan bo`lsa, 2030 yilda 674 million kishi elektr chirog`isiz yashayveradi. Maqsadga erishish uchun butun dunyo global elektrofikasiya yo`lidan borishi lozim”, deyilgan tadqiqot matnida.
Shunga qaramay, so`nggi yillar davomida ba`zi bir mamlakatlarda rivojlanish ko`zga tashlangan. Masalan, Bangladesh, Efiopiya, Keniya va Tanzaniyada yiliga elektr energiyasi bilan ta`minlash hajmi oshib bormoqda. Hindiston esa har yili 30 million fuqarosini elektr quvvati bilan ta`minlayapti.






