AsosiyDunyo

Ilon chaqqan ayol tiriklayin ko`milgandan keyin olamdan o`tdi

'Ilon chaqqan ayol tiriklayin ko`milgandan keyin olamdan o`tdi 'ning rasmi

Ilon chaqqan hindistonlik ayolni qutqarish maqsadida ilon avrovchi uni tiriklayin go`ngga ko`mgandan keyin u olamdan o`tdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Hindistonning Uttar-Pradesh provinsiyasiyadagi Bulandshaxr shahrida yashovchi Devendri ismli ayol shox-shabba terayotganda qo`lini ilon chaqib olgan. Qo`lini jgut bilan bog`lab, dori-darmon qabul qilganiga qaramay, ayol o`zini yomon his qilgan. Shundan keyin turmush o`rtog`i Mukesh bilan mahalliy ilon avrovchining yoniga borib, undan yordam so`rashdi.

Ilon avrovchi Mukeshga ayolni mol go`ngiga ko`mish lozimligini, go`ng zaharni tortib olishini uqtirdi. Boshqa iloji bo`lmagan er-xotin ilon avrovchining taklifiga rozilik bildirishdi.

75 daqiqa go`ng tagida yotgan Devendri bo`g`ilish oqibatida olamdan o`tdi. Mukesh “davolash”ning bunday fojia bilan yakin topishini kutmaganligini aytdi.

Ilon avrovchining o`zi ham ayol nafasi qaytib, bo`g`ilib o`lganligini tasdiqladi. Mahalliy polisiyachilar esa, bo`lib o`tgan voqea yuzasidan hech kimdan ariza va shikoyatlar tushmaganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar