AsosiyJamiyat

«Yosh kitobxon» tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

'«Yosh kitobxon» tanloviga arizalar qabul qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan «Yosh kitobxon» tanlovining 2018 yilgi bosqichiga arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, ushbu tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo`yicha alohida-alohida tartibda o`tkaziladi:

- 10 yoshdan 14 yoshgacha bo`lgan yoshlar;

- 15 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar;

- 20 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar.

Arizalar 15 apreldan 20 maygacha O`zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang`ich tashkilot etakchilari hamda tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etishga shoshiling! Prezident sovg`asi sizni kutmoqda!

Manba: O`zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi.

    Boshqa yangiliklar