Gulsin Minnixonovaning o`tgan 2017 yildagi umumiy daromadi uning turmush o`rtog`i - Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov qilgan kirimdan 17,6 marta ziyod bo`ldi.
TASSning yozishicha, bu haqda Tatariston hukumati vakili Liliya Galimova ma`lum qilgan.
Prezident Rustam Minnixonov 2017 yilda 7,766 million Rossiya rubli kirim qilgan bo`lsa, rafiqasining yillik daromadi 137 million Rossiya rublini tashkil qilgan.
Ma`lumot uchun: Tatariston prezidentining rafiqasi Gulsin Minnixonova «Luchano» kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi. Uning kompaniyada 51 foizlik ulushi bor. Shu bilan birga qator spa-majmualar, mehmonxona, fitnes-klub va restoranlarga ham egalik qiladi.
04.05.2018 04:19
Tatariston rahbari o`z rafiqasidan ko`ra ancha kam "pul topdi"






