AsosiyJamiyat

“O`zbekcharmpoyabzali” “O`zcharmsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etildi

'“O`zbekcharmpoyabzali” “O`zcharmsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi “Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan “O`zcharmsanoat” uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari belgilandi.

“O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi a`zolarining jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so`yish, jun va qorako`ldan buyumlar ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar ishtirokidagi umumiy yig`ilishi qaroriga muvofiq “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasi “O`zcharmsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Uyushma “O`zbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari bo`yicha huquqiy voris hisoblanadi.

Uyushma a`zolari – tashkilotlarning xo`jalik faoliyatiga chorva mollarini so`yish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, mo`yna, qorako`l va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha bo`lgan jarayonning barcha bosqichlarida ko`maklashish;

korxonalarda ilg`or texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni rag`batlantirish, Uyushma a`zolari – tashkilotlarni modernizasiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama ko`maklashish;

talabi yuqori bo`lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import o`rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to`ldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ichki va tarmoqlararo kooperasiyani, jumladan, charm, mo`yna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xo`jaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida kooperasiyani rivojlantirish;

charm-poyabzal, mo`yna, qorako`l mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qo`llab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash bo`yicha eng yangi innovasion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilg`or axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;

malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, ta`lim va fanning o`zaro integrasiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

Uyushma a`zolari – tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o`zaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o`tkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni ko`rishda himoya qilish.

    Boshqa yangiliklar