Hukumatning 2018 yil 3 maydagi qarori bilan Rahbarlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga qo`shimcha kiritildi.
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabariga ko`ra, endilikda ro`yxatga “O`zagrosanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati ham qo`shildi.
Eslatib o`tamiz, mazkur ro`yxat Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan bo`lib hozirgi kunda unga jami 63 ta davlat organlari va tashkilotlari kiritilgan.






