Qoraqalpogıiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari - Respublika xotin-qizlar qo`mitasi raisi Z.Ibragimova Muynoq tumanida istiqomat qiluvchi, 92 yoshli front orti faxriysi Mariya Sergeevnaning xonadonida bo`lishdi. Bu haqda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati xabar bermoqda.
13 yoshidan mehnat qilishga jalb qilingan Mariya Sergeevnaning mehnat staji 62 yilni tashkil qiladi. U o`z faoliyati davomida Muynoq konserva zavodida hisobchi, iqtisodchi va boshqa lavozimlarda tinimsiz mehnat qilib, turmush o`rtog`i bilan birga ikki nafar farzandni tarbiyalab voyaga etkazdi.
Front orti faxriysi bugungi tinch va obod, baxtli zamonimizga shukronalik tuyg`usini bildirdi va mehmonlarga urush davridagi mashhur “Katyusha" qo`shig`ini kuylab berdi.






