AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik yigit Koreyaning MBC telekanalidan reportaj tayyorladi

'Qoraqalpog`istonlik yigit Koreyaning MBC telekanalidan reportaj tayyorladi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonlik Davron Kidirbaev ayni paytda Janubiy Koreyada tahsil olmoqda. U Koreyaning MBC telekanaliga sayohat uyushtirdi va «KRuz.uz» sayti uchun maxsus reportajni taqdim etdi.

MBC (Munhwa Broadcasting Corporation) 1961 yilda tashkil topgan. Tashkil qilinishida nodavlat notijorat radiokanal bo`lgan MBC hozirda bosh ofisi poytaxtdagi Raqamli Media shaharda joylashgan.

MBC dunyoning 13 davlatidagi 21ta radio va telekanallari bilan hamkorlik qiluvchi korporasiyaga aylangan. 2001 yilda raqamli teleuzatuv tarmog`ini yo`lga qo`ygan bo`lsa, 2011 yildan boshlab ko`pkanalli bosqichga o`tgan.

MBCning radio-kanallari raqamli multimedia tizimiga o`tgan bo`lib bu tizim Janubiy Koreyada FM radioning o`rnini egallagan va 24 soat davomida faoliyat olib boradi.

MBCning eng baland reytingdagi ko`rsatuvlari qatorida «Radio Star» teleshousi, «Sport news» tele-ko`rsatuvi, «Musiqiy markaz» teleshoulari kiradi.

Biz bilgan mashhur «Saroy javohiri» va «Jumong» teleseriallari esa hatto MBC telekanali uchun ham eng yuqori reytingli teleseriallar hisoblanadi, aynan, «Saroy javohiri» teleseriali 91ta davlatda efirga uzatilgan.

    Boshqa yangiliklar