Xitoyda plyajdan o`layotgan delfinni o`g`irlab ketgan odam qidirilmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Voqea Guandun provinsiyasidagi Xaylin orolida nishonlangan may bayramida sodir bo`lgan. Mazkur orol sayyohlar orasida juda mashhur. Guvohlardan biri elkasida delfinni ko`tarib ketayotgan odamni videoga oldi. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgandan keyin hukumatning e`tiborini tortdi.
Mahalliy qo`riqlash xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, qirg`oqqa chiqib qolgan delfin topilganda hali tirik bo`lgan. Videodagi erkak esa o`layotgan delfinni avtomobiliga solib olib ketgan. Uning shaxsi aniqlangach, jinoiy javobgarlikka tortilishi ma`lum qilindi.






