YaUPM tuzilmasida Xavfsizlik va xatarlar boshqarmasi tashkil etilmoqda. Boshqarma plastik kartalardagi pul mablag`laridan noqonuniy foydalanishdan himoyani ta`minlaydi, deb yozadi Norma.
So`nggi chorakda plastik kartalardan pul mablag`larini noqonuniy echish bilan bog`liq yigirmaga yaqin firibgarlik dalillari fosh etilgan. Ularning aksariyati foydalanuvchilarning uyali aloqa telefonlarini blokirovka qilgan virusli dasturlar yordamida amalga oshirilgan. Firibgarlar apparatni blokirovkadan chiqarish uchun pul o`tkazishni talab qilganlar. Jinoyatchilar karta saqlovchisining ijtimoiy tarmoqlardagi ma`lumotlaridan foydalangan holat ham qayd etilgan. Barcha qo`shimcha ma`lumotlarni foydalanuvchining o`zi telefon orqali jinoyatchilarga bergan.
YaUPM ekspertlari kobeyjing kartalariga o`tish bilan plastik kartalardagi mablag`larni noqonuniy o`zlashtirish xatari oshishini bashorat qilmoqdalar. Bu kartalarning texnik xususiyatlari va harakatlanish geografiyasi kengroq ekanligi bilan bog`liq.
Schyotdagi mablag`lar but saqlanishini qanday ta`minlash mumkin? «YaUPM» MChJ QK bosh direktori Ahror Mahmudov bu haqda batafsil so`zlab berdi:
Kartangizning pin-kodini hech kim bilmasligi kerak. Bu axborotdan qancha ko`p odam xabardor bo`lsa, firibgarlar o`ljasiga aylanishingiz imkoni shuncha oshadi. Plastik karta to`g`risidagi ma`lumotlarni begona kishilarga bermang.
Iyul oyidan boshlab kobeyjing kartalarini joriy eta boshlaymiz, yaqin yillarda barcha plastik kartalar ularga almashtiriladi. Yangi namunadagi kartalar berilayotgan paytda kartaning noyob pin-kodi faqat saqlovchiga ma`lum bo`ladi.
Saqlovchi pin-kodni aytmay kartochkadan foydalanishi uchun hamma erda texnik sharoitlar yaratiladi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalari, supermarketlar va boshqa jamoat joylarida ko`chma klaviaturali POST-terminallarni o`rnatish rejalashtirilmoqda.
Xavfsizlikni sertifikatlash bo`yicha xalqaro tashkilot mezonlariga muvofiq yangi boshqarma amalga oshirayotgan sertifikatlash muhim himoya bo`g`iniga aylanadi. Tegishli hujjatning mavjudligi sertifikat sohibi xalqaro standartlarga muvofiq kartadan yuqori darajada xavfsiz foydalanishni ta`minlay olishini anglatadi. UzCARD tizimida qatnashuvchi internet-do`konlar va boshqa tijorat tuzilmalari sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o`tganlik to`g`risidagi axborotni o`z resurslarida ko`rsatadilar. Sertifikatlangan hamkorlar xizmatlaridan foydalanish – mablag`laringiz xavfsizligi va but saqlanishi kafolati bo`ladi.
Bunday qismatdan qochib qutula olmaganlarga maslahat. Koll-markaz orqali murojaat qiling. Bu bilan pulni qaytarib olishingiz va jinoyatchilar faoliyatiga barham berishingiz tayin. Xavfsizlik va xatarlar boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar firibgarlarni topishda yordam beradilar.