Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri bo`lgan Volkswagen ning AQSh dagi bo`limida mojarolar davom etmoqda, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Michigan shtati prokuraturasi Volkswagen konsernining sobiq rahbari Martin Vinterkornga ishlab chiqarilgan avtomobillardagidizel yoqilg`isi bilan bog`liq firibgarlikishi bo`yicha jinoiy ayblov e`lon qildi.
Volkswagen AQShda dizel avtomobillarining tashqariga chiqaradigan zararli moddalari haqiqiy qo`rsatkichlarini kamaytiruvchi dasturiy ta`minot bilan jihozlaganlikda ayblangandi. Vinterkornga AQSh hukumatiga qarshi firibgarlik maqsadida til biriktirish va AQShning “Toza havo to`g`risida”gi qonunini buzish ayblari qo`yildi.
Vinterkorn bilan birga konsernning yana 5 sobiq xodimiga ham ayblovlar qo`yilmoqda. Ular AQSh bozori uchun yangi dvigatelni yaratish bilan shug`ullangan muhandislar jamoasi rahbari, konsern brendini rivojlantirish bo`limi boshlig`i, dvigatellar ishlab chiqarish bo`limi boshlig`i, sifatni nazorat qilish bo`limi noziri, konsernning sertifikatlash guruhi xodimlaridir.
Ma`lumotlarga qaraganda, ayblov e`lon qilingan shaxslar dvigatellar standartlarga to`g`ri kelmasligini yaxshi bilgan holda, tashqariga chiqariladigan moddalar sinovlari natijalarini soxtalashtirish maqsadida til biriktirganlar.
Konsern mojaroni hal qilish maqsadida AQSh da 2009-2015 yillarda sotilgan Volkswagen va Audi markalaridagi 482 ming dona engil avtomobillarni mijozlardan qaytarib sotib olish va ularga tovon puli to`lashga kelishib olgan.