Joriy yilning 30 aprelidan respublikamizning barcha tuman, shaharlarida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash haftaligi”ga start berildi.
“Uyushmagan yoshlar bilan ishlash haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Qorqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o`rtasida tuman, shaharlar kesimida 1348 ta banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda tasdiqlandi.
Haftalikning o`tgan to`rt kuni davomida respublika bo`yicha uyushmagan yoshlar ishtirokida quyidagi yo`nalishlarda tadbirlar tashkil etildi:
- sport-salomatlik yo`nalishida 569 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 43316 nafar yoshlar jalb qilindi;
- milliy xalq o`yinlari yo`nalishida 110 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 4015 nafar yoshlar jalb qilindi;
- ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda 549 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 51655 nafar yoshlar jalb qilindi;
- ijtimoiy-huquqiy yo`nalishda 272 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 8854 nafar yoshlar jalb qilindi;
- yoshlarni ishga joylashtirish yo`nalishida 357 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 27260 nafar yoshlar jalb qilindi;
- yoshlarni tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga jalb qilish yo`nalishida 342 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 9577 nafar yoshlar jalb qilindi;
- uyushmagan yoshlarni turizmga jalb qilish yo`nalishida 332 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 7341 nafar yoshlar jalb qilindi;
- yoshlarni ijtimoiy himoya qilish yo`nalishida 462 ta tadbirlar o`tkazilgan bo`lib, 5709 nafar yoshlar jalb qilindi;
- yoshlar bilan 572 ta ochiq muloqotlar o`tkazilgan bo`lib, 31358 nafar yoshlar jalb qilindi;
- boshqa yo`nalishlar bo`yicha 291 ta tadbirlar, davra suhbatlari o`tkazilgan bo`lib 11722 nafar uyushmagan yoshlar jalb qilindi.
O`tkazilgan 3856 ta tadbirlar davomida jami 200807 nafar uyushmagan yoshlar jalb qilingan bo`lib, ulardan 4197 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.
Shuningdek, 5289 nafar yoshlar tadbirkorlik faoliyatiga o`qitildi, 2494 nafar yoshlarga ijtimoiy yordam ko`rsatildi, 2590 nafar yoshlarga psixologik xizmat ko`rsatildi, 2097 nafar yoshlar “ustoz-shogird” an`analari bo`yicha usta-hunarmandlarga biriktirildi, 6246 nafar yoshlar to`garaklarga jalb qilindi.
Haftalik davom etmoqda!








