AsosiyDunyo

Qora tanli ayol ko`rinishi tufayli parvozdan qoldirildi

'Qora tanli ayol ko`rinishi tufayli parvozdan qoldirildi'ning rasmi

Air Canada aviakompaniyasining styuardessalari qora tanli ayolni yuzidagi toshmalari sababli samolyot bortiga kiritishmadi.

U Samolyot bortiga chiqqanida bort kuzatuvchisidan illyuminator (samolyot tuynugi) yaqinidagi o`rindiqqa o`tkazishlarini iltimos qilgan. Bort kuzatuvchisi rozi bo`lgan. Bir ozdan so`ng maxsus niqob va qo`lqop kiygan holda qaytib kelib, passajir ayoldan samolyotni tark etishni talab qilgan. Parvozdan bir necha kun oldin shifokor huzurida bo`lgan Janna Leman yuzidagi toshmalari yuqumli emasligini ta`kidlashiga qarmasdan bort kuzatuvchisi ishonmagan. Ayol shifokor huzuriga qaytib borgan va kasalligi yuqumli emasligi to`g`risidagi ma`lumotnomani aviakompaniya xodimlariga taqdim etgan.

Janna Lemanning aytishicha, aviakompaniya xodimlari unga nisbatan juda qo`pol muomalada bo`lishgan va uzr so`rashmagan. «Bort kuzatuvchilari oq tanli bo`lganimda bunday qo`pol muomalada bo`lishmas edi. Ishonchim komilki, irq ajratishdi», - deydi u.

Bo`lib o`tgan voqeadan so`ng Air Canada vakillari o`z bayonotlarida kompaniyaning ustuvorligi inson salomatligi va xavfsizligi ekanligini ta`kidlashib, uzr so`rashmagan.

O`z.A.

    Boshqa yangiliklar