AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4 may kuni er silkinishi kuzatildi

'O`zbekistonda 4 may kuni er silkinishi kuzatildi'ning rasmi

O`zbekistonda 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:13 da er silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV seysmoprognostik monitoring markazi ma`lum qildi.

Zilzila markazi Toshkent shahridan 143 kilometr uzoqlikda, Tojikiston hududida bo`lgani bildirilmoqda.

Zilzila magnitudasi markazda 4,3 ni tashkil etdi. Uning kuchi Gulistonda 3 ballni tashkil etdi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida er silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar