8-19 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo`yidagi Festevallar va kongresslar saroyida Kann festevali bo`lib o`tishidan xabaringiz bor...
U erda birinchi marotaba yurtimiz paviloni tashkil etiladi.
Bu bo`yicha Kinematografiyani rivojlantirish markazi dunyoning birinchi raqamli xalqaro kinofestivali Kann kino bozori direksiyasi bilan shartnoma imzolagan. O`tgan yilning o`zida mazkur tadbirda jahonning 118 mamlakatidan 12 mingdan oshiq kishi ishtirok etgan va bu ko`rsatkich yil sayin ortib bormokda.
Pavilon qatnashchilari kino bozorida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga O`zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatimizning boy kino lokasiyasi haqida ma`lumotlarni taqdim etib, respublikamizning madaniy va ma`naviy qadriyatlari bilan ularga yaqindan tanishintiradilar.
Shunindek, pavyuonda 2018 yilning oktyabr oyida bo`lib o`tadigan, shu yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan "PROlogue", Respublikamizda tashkil etilgan O`zbekiston kinokomissiyasi hamda Respublika kinoprokat markazi taqdimoti ham o`tkaziladi.
Ushbu tarixiy voqea O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, "O`zbekkino" Millim agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.

Kecha esa O`zbekistondan o`nta ijodkorlar festeval tomon - Fransiyaga «uchib» ketishdi.








