Ispaniyaning Pirinei shahri yaqinidagi tog`li hududda qor ko`chkisi tufayli ikki nafar alpinist qor ostida qolib ketishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Ular yuqoridan 50 metr pastga sudralib tushishgan. Alpinistlar xavfsizlik xizmati tomonidan vertolyotlar yordamida qutqarildi. Ta`kidlanishicha, tog`li hudduda bir necha bor qattiq silkinishlar ro`y bergan. Alpinistlardan biri yaralangan.






