Hindistoning shimoliy- g`arbiy qismida ro`y bergan kuchli chang bo`roni tufayli halok bo`lganlar soni 130 nafardan oshgani xabar qilinmoqda.
Qurbonlarning asosiy qismi Agra va Uttar- Pradesh hududlarida ekanligi qayd etilgan. Uttar- Pradeshdagi qishloqda bir oilaning o`zidan 4 nafar bolakay hxalok bo`ldi. Ular shamolda qulagan tom ostida qolib ketishgan.
Hozirda aksariyat joylarda elektr ta`minoti yo`q. Uni tiklash uchun ikki hafta vaqt ketishi ta`kidlanmoqda.






