AsosiyDunyo

Kelinni to`yga olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi

'Kelinni to`yga olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi'ning rasmi

Braziliyaning San-Paulo shahrida bortida o`zining to`yiga ketayotgan kelin bo`lgan vertolyot halokatga uchrab, yonib ketdi deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Kelinning biroz qo`rqqani hisobga olinmasa, unga hech nima qilmagan. Yonida uni kuzatib kelayotgan 3 kishi jabrlangan. Guvohlarning aytishicha, vertolyot havoda orqasiga qayrilgan va qo`nmasdan erga qulagan. Uchuvchi va kelin vertolyotdan chiqib, qochishga muvaffaq bo`lgan.

O`z vaqtida etib kelgan o`t o`chiruvchilar vertolyot portlashidan ilgari bortda qolgan uch kishini qutqarishgan. Yong`in tezda o`chirilgan. Falokat yuz berganiga qaramay, to`y bekor qilinmagan. Kelin kuyovning yoniga erda harakatlanuvchi transport yordamida etkazilgan.

    Boshqa yangiliklar