AsosiyMadaniyat

Poytaxtda milliy taomlar festivali bo`lib o`tdi

'Poytaxtda milliy taomlar festivali bo`lib o`tdi'ning rasmi

“O`zekspomarkaz”da madaniy an`analar va milliy taomlar festivali bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimizda akkreditasiyadan o`tgan o`ttizdan ziyod diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Festival doirasida mamlakatimiz tarixi, xalqimizning urf-odatlari haqida ma`lumot beradigan milliy hunarmandlik buyumlari ko`rgazmasi tashkil etildi. Turli xalqlarning rang-barang qadriyatlari, milliy libos va amaliy san`at namunalari namoyish etildi.

– O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan har yili an`anaviy tarzda tashkil etiladigan ushbu festival dunyo xalqlarining milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda, – deydi Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar.

O`zA xabariga ko`ra, tadbirda turli xalqlarning milliy taomlari tortildi. Diltortar kuy-qo`shiqlar, jozibador raqslar barchaga birdek manzur bo`ldi.

DSC_6433.JPG

    Boshqa yangiliklar