Gavayida bundan bir necha kun avval o`z harakatini boshlagan Kilaue vulqoni tobora faollashib bormoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Oroldan 2000 ga yaqin odam evakuasiya qilindi. Leilani-Esteyts hududida kuzatilayotgan vulqon tobora kengayib bormoqda. Undan otilib chiqayotgan lava 5 ta uyga zarar etkazgan.Shuningdek, oltingugurt va dioksid gazitufayli odamlar sog`lig`i xavf ostida ekanligi ma`lum bo`lgach, xavfli hududdan odamlar evakuasiya qilina boshladi.Hozirda otilayotgan lavaning balandligi 70 metrgacha etmoqda. Bundan tashqari, 19 km uzunlikdagi maydonda yoriqlar paydo bo`lmoqda.
“Biz 2600 nafar odamni evakuasiya qilishni nihoyasiga etkazdik. Vulqon mahalliy aholi vakillariga ziyon etkazish bilan birga, orol iqtisodiyotiga ham zarar ko`rsatmoqda. Orolda sunami va er silkinishi xavfi paydo bo`lishi mumkin”, deb ma`lumot berdi mudofaa agentligi vakili Jesika Feranse.
Vulqon harakatlanayotgandahudud atrofida sezilarli silkinishlar yuz bermoqda. Hozirda orolga sayyohlar kelishi to`xtatilgan.Tabiiy ofat tufayli jabrlanganlar va qurbon bo`lganlar yo`q. Kilaue dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi. Uyaqin kunlarda yanada faollashishi mumkin.






