Ispaniyaning Tenerife orolida joylashgan Los-Realexos shahrida “Janob Ispaniya – 2018” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Valyadolidalik Xesus Kolyado Ispaniyaning eng chiroyli erkagi, deb tan olindi. Bunday unvonga ega bo`lish uchun mamlakatning 52 nafar erkagi kurash olib bordi.
Bu g`alaba Kolyado uchun syurpriz bo`ldi. Chunki u ona shahrida bo`lib o`tgan tanlovda ikkinchi o`rinni egallagan edi. Birinchi o`rinni olgan ishtirokchi tanlov bo`ladigan kuni kasal bo`lib kelolmaganligi tufayli o`rniga Kolyado yuborildi.
25 yoshli Xesus Kolyado boshlang`ich sinflarga jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. U kelajakda polisiyachi bo`lishni niyat qilgan.
Mazkur tanlov Ispaniyada 2013 yildan beri o`tkazib kelinadi.






