AsosiyDunyo

Janubiy Koreya rahbari tinchlik masalasida Yaponiyadan umidvor

'Janubiy Koreya rahbari tinchlik masalasida Yaponiyadan umidvor'ning rasmi

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In "Iomuri" gazetasiga bergan intervyusida Yaponiyani Shimoliy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi.

Mun Chje Inning ta`kidlashicha, mintaqada tinchlikni ta`minlash uchun avvalo Yaponiya va Shimoliy Koreya o`rtasidagi muloqotni tiklash lozim. Va bu Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirish jarayonidan oldin boshlanishi kerak. Qolaversa, yaqinda bo`lib o`tgan Koreya davlatlari sammitida ham KXDR rahbari Kim Chen In istalgan vaqtda Yaponiya bilan muloqot o`tkazishga tayyor ekanini bildirib o`tgan.

Koreya Respublikasi rahbarining so`zlariga ko`ra ayni damda Koreya yarim orolida ijobiy ma`noda "global-tarixiy yoriq" (Mun Chje In KXDR bilan bog`liq mintaqaviy muammolarning siljiy boshlaganini nazarda tutmoqda) boshlangan. Jarayonning davom etishida esa Yaponiya muhim rol o`ynaydi. Shu boisdan u Koreya yarim orolida tinchlik va xavfsizlik to`la-to`kis ta`minlanishida Yaponiyaning faol qo`llab-quvvatlashi va hamkorligiga umid bog`laydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar