Germaniya janubidaikki poezd o`zaro to`qnashib ketishi oqibatida 2 kishi qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Korrespondent.net nashri.
Bavariya va Augsburg shaharlari orasidagi Ayxax stansiyasida yuk tashuvchi va yo`lovchi tashuvchi poezd o`zaro to`qnashib ketdi. Voqea oqibatida 2 kishi halok bo`lgan va 14 nafar inson hayotdan ko`z yumgan. Qurbonlarning biri poezd mashinistidir.
“Afsuski halokat qurbonlarsiz bo`lmadi. Yaralanganlarning11 nafari engil tan jarohati olgan. Qolganlarining ahvoli og`ir. Augsburg polisiyasi mazkur falokat sabablarini aniqlashni boshlagan”, deb ma`lumot berdi polisiya matbuot kotibi Maykl Jakob.
Bekatga kirib kelayotgan Bavariya mintaqaviy poezdi stansiyadan o`z harakatini boshlagan ikkinchi poezdga nima sababdan urilgani noma`lumligicha qolmoqda. Aybdor tomonni aniqlash maqsadida voqea joyida bo`lgan har bir odam so`roq qilinmoqda.Temir yo`l stansiyasida boshqa liniyadagireyslar harakati davom etmoqda.






