Bugun Tyanszin shahri Birinchi Xalq sudi Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining sobiq a`zosi Sun Chjensayni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
Sud hukmi o`qib eshittirilgandan so`ng, sobiq amaldor o`z aybiga to`liq iqrorligi, qilgan jinoyatidan pushaymondaligi, sud adolatli qaror chiqargani va hukm ustidan shikoyat qilmasligini ma`lum qilgan.
Sud qaroriga ko`ra, Sun Chjensay siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi va uning mol-mulki musodara bo`ladi
O`tgan yilning dekabr oyida Xitoy Xalq Oliy prokuraturasi Sun Chjensayni korrupsiya bilan shug`ullanganlikda gumon qilib, surishtiruv ishlarini boshlagan edi. Tergov ma`lumotlariga ko`ra gumondor o`z xizmat vazifasini suiiste`mol qilib, 170 million yuan (27 million dollar atrofida) pora olgan bo`lgan. Jinoyat ishining shu yil 12 aprel sanasida o`tkazilgan birinchi eshituvida Sun Chjensay qo`yilgan aybni bo`yniga oldi.
Surishtiruv-tergovga qadar Sun Chjensay Xitoy Davlat Kengashi rahbarligiga nomzodlar ro`yxatida bo`lgan.






