Portugaliyaning Lissabon shahridagi “Altis Arena”da “Evrovidenie-2018” xalqaro tanlovi bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi Trend nashri.
Sahna ortida hayot qaynadi. Xonandalar jurnalistlarga intervyular berishdi. Avstraliya, Estoniya, Kipr, Litva, Isroil, Chexiya, Bolgariya, Albaniya, Finlyandiya, Irlandiya vakillari tanlovning ilk finalchilari bo`lishdi. Tanlovning ikkinchi yarim finali 10 mayda, finali esa 12 mayda bo`lib o`tadi.
Tanlovda dunyoning 43 mamlakatidan vakillar ishtirok etishmoqda. Tanlov logotipi dengiz mavzusi bilan bog`liq, rasmiy shiori esa “Hamma bortga!” deb nomlangan bo`lib, bu erda Portugaliyani Evropa bilan bog`lab turuvchi Atlantik okeani ramziy ma`noda nazarda tutilgan.
Teatr va kino aktrisasi, teleboshlovchi Filomen Kautela, jurnalist, shoumen Silviya Alberto, aktrisa Daniela Rua, aktrisa va BMTning ko`ngilli elchisi Katarina Furtadolar tanlovda boshlovchilik qilishmoqda.






