Finlyandiya poytaxti Xelsinkida dunyoda ilk marotaba faqat bodring savdosi bilan shug`ullanuvchi The Cucumber Concept Store savdo do`koni ochildi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
“Biz bu bilan Evroittifoqning bodring muammosini ta`kidlashni maqsad qildik. Bodring savdosi hamdo`stlik me`yoriy talablari asosida qattiq nazorat qilinadi. Biz shuni eslatish, yana odamlarning kayfiyatini ko`tarish niyatida bu ishga qo`l urdik”, dedi savdo kompaniyasi vakili Maykl Grenfors.






