AsosiyDunyo

Misr ma`muriyati Tutanxamon maqbarasida qidiruvni to`xtatdi

'Misr ma`muriyati Tutanxamon maqbarasida qidiruvni to`xtatdi'ning rasmi

Misr ma`muriyati 3000 yillik tarixga ega Fir`avn Tutanxamonning maqbarasida maxfiy xonalar qidiruvini to`xtatdi.

2015 yilda angliyalik misrshunos olim Nikolas Rivz maqbaradagi tekshiruvlari natijasida maqbara shimoliy devorlarida yashirin tarzda bo`yab tekislab yuborilgan yana ikki eshik o`rni mavjudligi haqida ma`lum qilgan va 2016 yilda qidiruv ishlari boshlab yuborilgan edi. Bu xonalarning biri Exnaton (Amenxotep IV)ning birinchi rafiqasi Nefertitining qabri, birida esa ikkinchi rafiqasi Kiyining qabri bo`lishi mumkinligi taxmin qilingan edi.

faraon.jpg

Biroq Italiyadagi Turin universiteti mutaxassislari tomonidan olib borilgan chuqur tekshiruvlar devor ortida hech qanday xonalar mavjud emasligini ko`rsatdi.

faraon3.jpg

Misr hukumati natijalarni tan oldi va qidiruv ishlarini to`xtatdi.

Eslatib o`tamiz, Fir`avn Tutanxamon tahminan miloddan avvalgi 1332-1323 yillarda hukmronlik qilgan. Tutanxamonning tosh qabri 1922 yilda britaniyalik olim Hovard Karter tomonidan topilgan. Uning otasi Exnaton bo`lgan. Exnaton vafot etgach, Tutanxamon sakkiz yoshida taxtga o`tirgan.

faraon1.jpg

    Boshqa yangiliklar