Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G`oibnazarov Toshkentdagi buzilishi kutilayotgan ayrim yirik ob`ektlar haqida O`zAga ma`lumot berdi.
Xalq orasida muhokamalarga ko`p bora sabab bo`lgan “Mumtoz” to`yxonasining taqdiri to`g`risida tuman hokimi shunday dedi:
“Mumtoz” to`yxonasi buzilishi rejada bor. Ammo bu yaqin yillarda amalga oshmaydi, 3-4 yildan so`ng to`yxona joyi tekislanishi lozim. Beligilangan dastur rejasiga ko`ra, ana shu tantanalar maskani joylashgan manzildan ayni damda qurilish ishlari olib borilayotgan “Suzuk ota” maqbarasi ko`rinib turishi lozim".






