AsosiyDunyo

Dunyodagi eng noyob olmos auksionga qo`yildi

'Dunyodagi eng noyob olmos auksionga qo`yildi'ning rasmi

JenevadagiSotheby'sauksionida dunyodagi eng noyob olmoslardan biri sotuvga qo`yilmoqda, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Qimmatbaxo toshning vazni 6.16 karatni tashkil qiladi.

"Farnese Blue" nomli taqinchoq 300 yil davomida Evropa qirollik oilalarida avloddan avlodga o`tib kelgan.U ikki tomonlama muhim ahamiyatga egadir. Birinchisi,olmosning sifati va o`ziga xos rangi bo`lsa, ikkinchisi uning tarixidir. Qimmatbaxo tosh 1715 yilda Ispaniya qiroli Filipp V tomonidan Italiya malikasi Bella Farnessega to`y sovg`asi sifatida taqdim etilgan. Keyinchalik u ba`zi bir sabablarga ko`ra, Avstriya qirolligiga kelib qolgan.

Ushbu olmos ko`p yillik tarixga ega bo`lganligi uchun ham qadrlidir. Bugungacha Avstriya,Fransiya, Italiya, Ispaniya qirollik oilalari mulki hisoblangan ko`k olmosga ega bo`lishni istaganlar ko`pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa kolleksionerlar unga katta qiziqish bildirishmoqda.

Ma`lumotlarga qaraganda, mazkur tosh Hindistondagi olmos konlaridan topilgan. Mutaxassislarning dastlabki taxminlarga ko`ra, u 9,5 million dollarga sotiladi. Toshning boshlang`ich narxi esa 3,7 million dollar deya baholangan. Auksion 15 may kuni Shvesariyaning Jeneva shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar