AsosiyDunyo

Keniyada yirik to`g`on o`pirilib ketdi

'Keniyada yirik to`g`on o`pirilib ketdi'ning rasmi

“Daily Nation” nashri tarqatgan xabarga ko`ra, mamlakatdagi “Patel” to`g`oni o`pirilib ketib, kamida 20 kishi halok bo`lgan, 300 dan ziyod aholi o`z uy-joylaridan ayrilgan. Shifoxonalarga jo`natilganlar soni esa 40 ga yaqin.

Halokat sodir bo`lgan Nakuru okrugi ma`muriyatning qayd etishicha, hodisa keltirib chiqargan talofat darajasi aniqlanmoqda. Kuchli yomg`irlar davom etayotgani tufayli yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yangi suv toshqinidan aholi ogohlantirilgan.

Hozirda hodisa joyida qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar