AsosiyDunyo

Qobulda ketma-ket 3 ta portlash sodir etildi

'Qobulda ketma-ket 3 ta portlash sodir etildi 'ning rasmi

Afg`onistonning Qobul shahrida chet el elchixonasi, hukumat va polisiya binosi yaqinida portlashlar sodir bo`ldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.

Polisiya berganxabarga ko`ra, xudkush-terrorchilar o`zini-o`zi portlatgan.

Avvaliga hujumchilar polisiyani o`qqa tutishgan. Ulardan biri ichkariga yugurib kirib, o`zini portlatgan. Jinoyatchilarning barchasi yo`q qilingan.

Oradan 25 daqiqa o`tgach, yana bir portlash ro`y bergan. Xudkush terrorchilardan biri avtomat bilan atrofga qarata o`q uzgach, portlovchi moddani harakatga keltirgan.Portlash zarbi natijasida hukumat binosi yaqinidagi boshqa binolarning oynalari singan.

Oradan biroz vaqt o`tgach, maxsus guruh xodimlari etib kelib, atrofni o`rab olgan. Har uchala portlash ham bitta jinoiy guruh tomonidan amalga oshirilgan, degan taxminlar bor. Hozirga qadar hech bir terrorchilik tashkiloti voqea uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olgani yo`q. Hujumni sodir etgan 4 nafar terrorchining barchasi halok bo`lgan.

Mazkur hodisa tufayli16 kishi yaralangan. Shuningdek, 5 nafar inson qurbon bo`lgani ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar