Bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:08da Afg`oniston hududida zilzila kuzatildi. Bu haqda O`zbekiston FVV respublika seysmoprognoz monitoring markazi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, zilzila kuchi 6 ballga teng bo`lib, zilzila o`chog`i 200 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Er silkinishi kuchi Toshkent, Farg`ona, Jizzax, Samarqand, Qarshida 3 ballni, Termizda 4 ballni tashkil etgan.
Jabrlanganlar va vayronagarliklar haqida ma`lumot kelib tushmagan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston hududida 9 may kuni ham soat 15:41da kuchi 3 ballga teng er qimirlashi sezilgandi.






