Prezident Matbuot xizmati Vashington shahrida matbuot markazi tashkil etdi.
Bu markaz Prezident Shavkat Mirziyoevning AQShga rasmiy tashrifini keng va tezkor yoritishda jurnalistlarga ko`maklashadi. Bu erda zarur ma`lumotlar tarqatilib, tashrif natijalari bo`yicha matbuot anjumanlari o`tkazib boriladi.
"Prezident tashrifining rasmiy xeshtegi #UzbUSA2018 qabul qilindi. O`z fikr-mulohazalaringizni ushbu xeshteg orqali yozib qoldirishingiz mumkin. Odatdagidek, ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar Matbuot xizmati tomonidan doimiy ravishda monitoring qilinadi", — deb yozgan Prezident matbuot kotibi Facebook’dagi sahifasida.






