AsosiyShou-biznes

Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert berdi (foto)

'Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert berdi (foto)'ning rasmi

10-11 may kunlari O`zbekiston Respublikasi Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Tojikiston Respublikasiga konsert gastroli bilan tashrif buyurdi.

Xo`jand shahridagi "Qasri varzesh" sport saroyida O.Nazarbekov maxsus tayyorlangan o`z konsert dasturi bilan uch ming (3000) kishilik zalni xushnud etdi.

Konsertda nafaqat kuy-qo`shiqlar ijro etildi, jozibador sahnalashtirilgan raqs dastalari ham namoyish qilindi.

"Konsert tomoshasidan so`ng, tomoshabinlar bunday dasturlarni muntazam ravishda o`tkazilishini so`rashdi va ikki davlatning qardoshlik aloqalari doimiy bardavom bo`lishini e`tirof etishdi", deyiladi «O`zbekkonsert» DM xabarida.

Boshqa yangiliklar