Shimoliy Karolina shtatidagi Feyetvill shahrida o`t o`chirish komandasi a`zosi 30 metrli o`t o`chirish shlangi yordamida sevgilisining qo`lini so`radi, deya yozmoqda Lenta.ru nashri.
Eshton Xenvey sevgilisi Loren Vudni birga depoga borib, o`t o`chirish mashinasi ustida suratga tushishga ko`ndiradi. Shu mahal boshqa mashina o`rnidan qo`zg`aladi va uning ostida “Menga turmushga chiqasanmi?” degan shakldagi shlang ko`rinadi. Shu on Xenvey tiz cho`kib, nikoh uzugini chiqaradi. Turgan gap, Loren rozi bo`ladi.






